AIFUda Navruz sayli o‘tkaziladi!

📚 Hurmatli talabalar va professor-o'qituvchilar!

Biz sizlarni bahorning eng go'zal va eng qadimiy bayramlaridan biri bo'lgan Navruz ayyomini nishonlashga taklif etamiz. Ushbu bayram, yangilanish, mehr-oqibat va hamjihatlik ruhini o'zida mujassam etadi.

📆Sana: 6-mart, 2024-yil
⏰Vaqt: Soat 12:00 da
📍Joy: Universitetning 2-binosi

Tadbir dasturida quyidagilar ko'zda tutilgan:

➖Milliy liboslar
➖Navruzga oid an'ana va marosimlar namoyishi
➖Milliy taomlar tanlovi va degustatsiya
➖O'yinlar, musobaqalar va sovg'alar
➖Bahoriy qo'shiqlar va raqslar

Biz Sizni ushbu ajoyib bayramda ishtirok etishga va Navruzning betakror ruhini birgalikda his etishga chorlaymiz. Keling va bahorning go'zalligini, do'stlik va hamjihatlikni birga nishonlaylik!

Tadbirda o'z guruhi bilan ishtirok etmoqchi bo'lgan jamoalar https://t.me/aifu_admin3 ga murojaat qilishi mumkin.

Iltimos, tadbirga imkon qadar milliy kiyimda kelishingizni so'raymiz.

Hurmat bilan,
Universitet Ma'muriyati

☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228  

✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram   Instagram   Youtube   Facebook

02.03.2024
260