📚 AIFUda NAVRO'Z SAYLI  (https://t.me/AIFU2022/1333)O'TKAZILDI.

🌸 Navroʻz xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biridir. Bu chin maʼnoda bahor bayrami. Bunda dasturxonlar noz-neʼmatlarga toʻlib toshadi, deyarli har bir oʻzbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi. 
💐Bayram nafasi yurtimizda kezib yurgan bir paytda Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida (https://t.me/AIFU2022) ham xalqimizning sevimli, qut-baraka ifodasi boʻlmish bu bayram keng nishonlandi. Xalq sayillari ko’rinishida tashkil etilgan bayram shodiyonalarida milliy taomlar, milliy liboslar, o'yinlar, musobaqalar va bahoriy qo'shiqlar va raqslar singari tanlovlar uyushtirildi, laparlar kuylandi. To’kin dasturxon atrofida jam bo’lgan katta-yu kichik qalbida mehnatsevarlik, ertangi kunga ishonch tuyg’ulari jo’sh urdi. 

 

☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228  

✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram   Instagram   Youtube   Facebook

06.03.2024
182