Oʻzbekistonda 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi eʼlon qilindi.

📚 Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabalari ham bu muhim ishda faol qatnashdilar. Ularning kuch va gʻayrati bilan mahallalarimiz yanada chiroy ochdi, oliygoh binolarimiz atrofi obod va tartibli holatga keltirildi.

Aziz talabalar Sizlarning saʼy-harakatlaringiz bilan yurtimiz yanada goʻzal va obod boʻlmoqda. Bunday tadbirlar bizni birlashtiradi va umumiy maqsadlar sari yetaklaydi!

🌿Har bir ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz va kelgusi tadbirlarda ham shunday faol ishtirok etishingizni tilab qolamiz!

➡️Eslatib o'tamiz ushbu  umumxalq xayriya hashari  17-18 mart kunlari ham davom etmoqda!

☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228  

✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram   Instagram   Youtube   Facebook

18.03.2024
177