AIFU magistranti xalqaro olimpiadada sovrindor bo'ldi

📆 Joriy yilning 15-20-aprel kunlari Turkmanistonning Y.Kakayev nomidagi neft va gaz xalqaro universitetida 2-xalqaro Informatika olimpiadasi bo’lib o’tdi. 

🔴Unda O’zbekiston, Germaniya, Turkiya, Rossiya, Ruminiya, Ozarbayjon, Belorussiya, Armaniston, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qatar, Gruziya, Xitoy, Eron kabi davlatlarning 52 ta oliy ta’lim muassasalaridan 370 dan ortiq talabalar ishtirok etdi. 

🥉Mazkur olimpiadada Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti Aniq fanlar kafedrasi dotsenti Donyor Saidov boshchiligida, Matematika magistratura mutaxassisligi 2-kurs magistranti Jaloliddin Yusupov ham muvaffaqiyatli ishtirok etib 3-o’rinni egalladi.

☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228  

✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)

Telegram   Instagram   Youtube   Facebook

21.04.2024
129